Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jizzax politexnika instituti hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida “Ziyolilar bog‘i”da ko‘chat ekish marafoni o‘tkazildi.
Ushbu marofonda Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali direktori F. Otamuradov boshchiligidagi filial jamoasi ham faol ishtirok etishdi.
Mazkur tadbir Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi doirasida butun mamlakat bo‘ylab oliy ta‘lim muassasalarida bir vaqtda amalga oshirildi.
Toshken tibbiyot akademiyasi Termiz filiali “Yashil makon” loyihasi doirasida atrof-muhitni obodonlashtirish va yashil muhitni yaratish bo‘yicha o‘z sa’y-harakatlarini davom ettiradi.