TTA Termiz filiali direktor F.Otamuradov hamda mas’ullar talabalar turar joyida bo‘lib, yotoqxonadagi mavjud qulayliklar, kutubxona, kompyuter va xizmat ko‘rsatish xonalaridagi sharoitlar bilan tanishdi.
Shundan so‘ng talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida filial direktori yoshlarning qiziqishlari, orzu va maqsadlari bilan o‘rtoqlashdi.
Bundan tashqari bugungi kunda yoshlarga yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlardan oqilona foydalanish kerakligi, talabaning eng asosiy vazifasi o‘qish ekanligini alohida ta‘kidladi.