You are currently viewing Rahbar va xorijiy talabalar uchrashuvi

Rahbar va xorijiy talabalar uchrashuvi

raxbar va xorijiy talabalar

TTA Termiz filiali direktori F. Otamuradov hamda mas’ullar ishtirokida Hindiston Respublikasidan kelib tahsil olayotgan talaba – yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda xorijlik talabalarning o‘qish jarayoni, klinik bazalardagi amaliyoti hamda talabalar turar joyidagi sharoitlar, bo‘sh vaqtlarida nimalar bilan shug‘ullanishi borasida suhbatlashildi.
Suhbat davomida Hindistonlik talabalar darsdan bo‘sh vaqtlarida turli sport mashg‘ulotlarga qatnashishi hamda kriket sport turiga qiziqishlarini aytib o‘tdi.

raxbar va xorijiy talabalar

Filial direktori talabalarning taklif va mulohazalarini tinglab, bu borada ularga qulaylik yaratib berishini alohida ta’kidladi.
Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, hozirgi paytda TTA Termiz filialida Hindiston Respublikasidan kelib tahsil olayotgan talabalar soni 250 nafarni tashkil etadi