Bugun TTA Termiz filialida buyuk sarkarda, dono davlat arbobi Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida Sohibqiron bobomizning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvidagi uzoqni ko‘ra bilish salohiyati hamda adolat tamoyillariga asoslangan siyosati haqida atroflicha fikrlar bildirildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarda tarixiy xotirani mustahkamlash, ulug‘ ajdodlarimizga munosib voris bo‘lish tuyg‘usini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.