TTA Termiz filiali hamda «Turk-Lab-Med» MChJ o‘rtasida memorandum imzolandi.
Bugun Termiz shahrida «Turk-Lab-Med» MChJ hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi va TerDU bilan hamkorlikda navbatdagi o’quv laboratoriya markazi faoliyatini boshladi.
Markazning tantanali ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, «Turk-Lab-Med» MChJ va sog‘liqni saqlash sohasi mutasaddilari hamda nuroniylar va faollar ishtirok etdi.
Ochilish marosimida TTA Termiz filiali direktori F.Otamuradov va Turkiya-O‘zbekiston hamkorligida tashkil etilgan “Turk. LAB. MED” laboratoriyasi investori Aşkin Yurdakul o‘rtasida xorijiy investitsiyalar, beg‘araz ko‘mak va grant mablag‘larini jalb etish bo‘yicha QO‘SHMA memorandum imzolandi.
Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari laboratoriyada yaratilgan sharoitlar, o‘rnatilgan zamonaviy asbob-uskuna va jihozlar bilan hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari bilan tanishishdi.