Mazkur targ‘ibot tadbirlari, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali rahbar xodimlari va talabalar o‘rtasida tashkil etildi. Ushbu targ‘ibot tadbirlarida, Surxandaryo viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘limi mas’ullari o‘zlarining ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi, o‘z ma’lumotlari asosida tavsiyalarini berishdi.
Targ‘ibot tadbiri davomida, hozirgi kunda sodir etilayotgan kiberjinoyat turlari, sodir etish maqsadlari, ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan soxta havolalar va zararli ilovalar haqida ma’lumot berib, ushbu kiberjinoyat qurboni bo‘lmaslik uchun tegishli tavsiyalar berildi.
Targ`ibot Tadbirlari davomida talaba yoshlar uchun maxsus videorolik namoyish etilib kibr xujumlardan qanday himoyalanish borasida ma`sul xodimlar tomonidan kerakli ma`lumotlar olishdi.
Tadbir so`ngida talaba yoshlarni qiziqtirgan savollarga kiberxavfsizlik soha vakillari tomonidan huquqiy oqibatlari hamda qonuniy javobgarliklari to`grisida javoblar berildi