TTA Termiz filiali Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun Jizzax viloyatining betakror tabiati bilan ajralib turadigan Zomin tumaniga sayohat tashkil etildi.
Mazkur tashrif filial jamoasining sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, xodimlar o‘rtasida mustahkam ijtimoiy muhitni shakllantirish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida yo‘lga qo‘yildi.
Zomindagi tog‘-yon bag‘irlari, so‘lim dam olish maskanlari va tabiat qo‘ynidagi mazmunli dam olish ishtirokchilarga ijobiy taassurotlar bag‘ishladi.
Bunday tadbirlar filial jamoasining birligi, ijobiy ruhiyatini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi va kelgusida ham an’anaviy tarzda davom ettirilishi rejalashtirilgan.
Ichki Turizm
- Post author:adm
- Post published:12.05.2025
- Post category:Yangiliklar
You Might Also Like
Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali 2-son Davolash fakulteti dekani Nodir Sagirayev hamda IELTS sertifikatiga ega bo’lgan iqtidorli talabalari Sherobod tibbiyot kollejiga borishdi.
TTATFda ilmiy konferensiya o’tkazildi.