You are currently viewing Kulgu ila sog‘lik tomon bir qadam

Kulgu ila sog‘lik tomon bir qadam

qvz

Kuni kecha, Termiz shahridagi muhtasham San’at saroyida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialining “Medstars” jamoasi tomonidan tayyorlangan shou dasturi o‘tkazildi.

“Kulgu ila sog‘lik tomon bir qadam” nomli shou dasturda TTA Termiz filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari ishtirok etishdi.

«Medstars” jamoasi tomonidan kayfiyatni ko‘taruvchi, mulohazaga chorlovchi bugunning muammoli vaziyatlari yengil yumor tarzdagi chiqishlar namoyish etildi. Shou tomoshasi yig‘ilganlarga o‘zgacha taassurot qoldirdi.

“Medstars” jamoasining bundan keyingi faoliyatiga muvaffaqiyat tilaymiz.