Oliy ta’lim tashkilotlarida korrupsion holatlarning oldini olish, talabalarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida tahsil olayotgan bakalavriat ta’lim bosqichi talabalari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan “Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!” mavzusida “Eng yaxshi esselar” respublika tanlovining filial bosqichi bo‘lib o‘tishini e’lon qilamiz.
Mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo’lgan nomzodlar o’zlarining fakultet yoshlar masalalari bo’yicha dekan o’rinbosarlariga murojaat etishlari so’raladi.
Tanlov bo‘lib o‘tish vaqti: joriy yil 16-may, soat 14:00 da.
Manzil: Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi, yangi o‘quv binosining 4-qavati.
Tanlov nizomi haqidagi ma’lumot ushbu havolada o’rin olgan.