You are currently viewing TTA Termiz filiali «Zakovat» terma jamoasi «Intellektual Haftalik» final bosqichiga yo’llanma olishdi.

TTA Termiz filiali «Zakovat» terma jamoasi «Intellektual Haftalik» final bosqichiga yo’llanma olishdi.

Zakovat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi PQ-96-sonli qaroriga muvofiq har yili respublikadagi barcha oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida Intellektual Haftalik tashkil qilib borilishi belgilangan.

Yoshlar markazi binosida viloyatimizdagi 6 ta oliygohning terma jamoalari ishtirok etgan saralash o’yinlarida Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali terma jamoasi 1-o’rinni egallab, Respublika bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishdi!

Ta’kidlash joizki, filial terma jamoasi dekabr oyida bo’lib o’tgan «Intellektual Olimpiada»ning saralashida faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritishgan va Respublika bosqichida «Breyn Ring» yo’nalishida 3-o’rinni egallab 40mln so’m pul mukofotini qo’lga kiritishgandi