Mamlakatimizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida 2024/2025-o‘quv yili bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi jarayonlari boshlab yuborildi. Mazkur jarayon oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash tizimining muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi.
TTA Termiz filialida ham Respublika ixtisoslashtirilgan ftizaterapiya va pulmanologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ilmiy kotibi Sherali Massavirov raisligida filial bitiruvchilari uchun yaguniy davlat attestatsiyasi o‘tkazilmoqda.
Filialida o‘tkazilayotgan attestatsiya jarayoniga filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar tarkibi, soha mutaxassislari va ish beruvchilar jalb etilgan. Bu esa baholash jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi.
Mazkur jarayon yakunida oliy ta’lim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan yoshlar diplomga ega bo‘lib, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishga tayyor kadrlar safini to‘ldirishadi.
Yakuniy nazorat
- Post author:adm
- Post published:29.05.2025
- Post category:Yangiliklar