You are currently viewing Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida «Call-markaz» va «Maslahat markaz»

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida «Call-markaz» va «Maslahat markaz»

2025/2026-o‘quv yili uchun qabul jarayoni bilan bog‘liq barcha savollarga tezkor javob berish maqsadida, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida «Call-markaz» va «Maslahat markaz» lari tashkil etildi va joriy yilning 5-iyun sanasidan boshlab o’z ishini boshladi.

TTA Termiz filialining “Call-markaz” telefon raqamlari:

+998993634930
+998993490059
+998915860204
+998902959992

Qabulga oid barcha savollarga “Call-markaz” operatorlari tomonidan tezkor javob olishingiz, bundan tashqari ro’yxatdan o’tish jarayoni uchun yordam kerak bo’lsa “Maslahat markaz” iga murojaat qilishingiz mumkin.

«Call-Мarkaz» va «Maslahat markazi» larining ish vaqti:
Dushanba – Shanba, 09:00 dan 18:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni).

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Islom Karimov ko’chasi 64-uy