Yurtimizning har bir viloyati, shahri, hatto kichik qishlog‘i ham o‘ziga xos tarixiy, madaniy va tabiiy boyliklarga ega. Shu bois, O‘zbekiston bo‘ylab sayohat nafaqat maroqli, balki bilim va tafakkurni kengaytiruvchi jarayon hamdir.
Filial talabalari “Dolzarb 90 kun” loyihasi hamda “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil” dasturi doirasida ana shunday ma’rifiy sayohatlardan birini qadimiy va betakror shahar — Xivaga uyushtirishdi.
Ushbu tashrif nafaqat dam olish, balki tarix bilan yuzma-yuz uchrashuv, ilm va madaniyat uyg‘unligini his etish uchun ajoyib imkon bo‘ldi.
Sayohat davomida talabalar nafaqat tarixiy obidalar bilan tanishishdi, balki mahalliy gidlar orqali Xivaning tarixiy o‘tmishi, xonlik davri, ilm-fan va madaniyat rivoji haqida ko‘plab qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Bu sayohat vatanga mehr va g‘ururni kuchaytirish borasida katta ahamiyat kasb etadi.