2025-yil 18-iyun TTA Termiz filialida professor-o‘qituvchilar hamda xodimlar ishtirokida “O‘quvchi va talaba qizlarga nisbatan tazyiq yoki zo‘ravonlik sodir etish holatlarini oldini olishga qaratilgan” psixologik davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida, Kamolot Femiyda advokatlik byurosi boshlig‘i A.G.Jabborov, Termiz shahar adliya bo‘limi bosh yurist konsulti V.R.Nazarov filial profilaktik inspektori M. Qamariddinov va filial psixologlari ishtirok etishdi.
Unda so‘z olganlar tazyiq va zo‘ravonlikning psixologik jihatlari, uning belgilari, yoshlar ongiga salbiy ta’siri, talaba bilan ishonchli muloqot usullari, shuningdek, zo‘ravonlik holatlariga qarshi huquqiy va axloqiy javobgarlik bo‘yicha muhim ma’lumotlar berildi.