Xabaringiz bor, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025” chempionatining hududiy yakuniy bosqichi o‘tkazildi.
Chempionat “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning texnologiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularni zamonaviy raqamli sohalarga jalb qilish maqsadida tashkil etildi.
Chempionatning hududiy yakuniy bosqichining FC25 o‘yinida TTA Termiz filiali talabasi Baxtiyorov Baxtiyor 1-o‘rinni egalladi.
Murosasiz kechgan o‘yinning Dota 2 o‘yinida TTA Termiz filiali jamoasi ham 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Hududiy bosqich bellashuvlaridan g‘olib talabalarimiz 23-25-iyun kunlari Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tadigan yakuniy final bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘lishdi.
Talabalarimizning ushbu yutug‘i bilan tabriklab, musobaqaning respublika final bosqichida ham yuqori o‘rinlarni egallashlariga muvaffaqqiyat tilab qolamiz.
“Talabalar Kibersport o‘yinlari – 2025”
- Post author:adm
- Post published:20.06.2025
- Post category:Dolzarb 90 kun / Yangiliklar
You Might Also Like
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Termiz filialida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida yangi o‘quv yiliga start berildi
Vazirlik 2025 yilni ISO 37001:2025 xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritish bilan yakunlamoqda