TTA Termiz filialining bir guruh talabalari va professor-o’qituvchilari Turkiya Respublikasining Erzurum shahrida «Palan Extreme – Chegaralar yo‘q, faqat sen bor» nomli musobaqasida ishtirok etishmoqda!
Ushbu musobaqa birinchi marotaba Erzurum gubernatorligi, Atatürk universiteti, Erzurum shahar hokimligi, Narman hokimligi, Oltu hokimligi, Şenkaya hokimligi, Uzundere hokimligi, İspir hokimligi va Adventure Offroad Tabiat sport klubi tomonidan Atatürk universiteti muvofiqlashtiruvchiligida va homiyligida tashkil etildi.
Musobaqa 2025-yil 27-iyundan 10-iyulgacha Turkiyaning go‘zal tabiat manzaralari bilan mashhur Erzurum viloyatida bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu tadbirning maqsadi – Turkiya va xorijdan ishtirok etadigan talabalarning jismoniy va aqliy salohiyatini tabiat bag‘rida namoyon etishlari, jamoa ruhini mustahkamlash va ularga hayajonli, zavqli, unutilmas tajriba taqdim etishdir.
Talabalar Turkiyada!
- Post author:adm
- Post published:07.07.2025
- Post category:Dolzarb 90 kun / Yangiliklar