You are currently viewing Surxondaryoda Forum tashkil etildi

Surxondaryoda Forum tashkil etildi

Xotin qizlar

Viloyatda “Oilalar mustahkamligini ta’minlashda «Oqila ayollar harakatining o‘rni» mavzusida mazmunli forum bo‘lib o‘tdi.
Tadbir oila institutini mustahkamlash, farzand tarbiyasi va xotin-qizlar ma’rifatini yuksaltirish, jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish hamda turli salbiy holatlarning oldini olishda “Oqila ayollar” harakatining ahamiyatini yanada kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
Forumda filial xotin-qizlar kengashi raisasi Himmatova Nodira Normamatovna ham ishtirok etdi.
Forumda shahar, tuman va mahallalarda o‘z faolligi hamda ibratli faoliyati bilan ajralib turgan bir guruh «Oqila ayollar» harakati a’zolari ishtirok etdi.
Tadbir davomida viloyat hokimining o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova so‘zga chiqib, harakatning jamiyatdagi tutgan o‘rni, ijtimoiy muammolarni bartaraf etishdagi samarali yondashuvi haqida iliq fikrlarini bildirdi.