You are currently viewing OTM axborot xizmatlari raqamli transformatsiya sari

OTM axborot xizmatlari raqamli transformatsiya sari

90 kun

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tashkil etilgan “Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy intellekt” mavzusidagi o‘quv-amaliy seminarning ikkinchi chaqiruvi ham yakunlandi. Unda yurtimizdagi 30 dan ortiq oliy ta’lim tashkilotlari matbuot kotiblari ishtirok etishdi.
Seminar davomida tinglovchilar axborot xizmatlari faoliyatini bugungi davr talablariga mos tarzda takomillashtirish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektdan samarali foydalanish, PR strategiyalarni puxta shakllantirish, ijtimoiy tarmoqlarda samarali kontent siyosatini yuritish borasida muhim ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.
7-9 iyul kunlari malakali mutaxassislar, soha ekspertlari ishtirokida yuqori saviyada o‘tkazilgan mazkur kurs yakunlari bo‘yicha barcha tinglovchilarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus sertifikatlari topshirildi.