Ayni kunlarda TTA Termiz filiali talabalari respublikamizning turli tibbiyot muassasalarida amaliyot o‘tashmoqda.
Bu amaliyot sog‘liqni saqlash sohasi talabalari uchun juda muhim bosqich bo‘lib, ularning nazariy bilimlarini real hayotda qo‘llashiga imkon beradi.
Shunihgdek, jarayonda talabalar nazariyani amaliyotga tadbiq etadi hamda tajriba orttiradi.
Bemorlar bilan muloqot qilish, holatini baholash, tahlil natijalarini o‘rganish, kichik muolajalarni bajarish kabi jarayonglarni amalga oshiradi. Talabalar tajribali shifokorlar kuzatuvida bo‘lishadi.