Akademik (oʻquv) faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

– QR kodli diplom shakllantirish; – akademik maʼlumotnoma va transkript berish; – akademik mobillik asosida boshqa oliy taʼlim tashkilotiga ketgan talabalarning hujjatlarini tegishli tartibda rasmiylashtirish; – bitiruvchi talabalar uchun aylanma varaqa yaratish; – diplom dublikatini olish uchun ariza yuborishga koʻmaklashish; – imtihon natijalari boʻyicha apellyatsiya arizalarini qabul qilishni tashkil qilish; – imtihonlar roʻyxatini shakllantirish va talabaga taqdim etish; – oliy taʼlim tashkilotlari talabalariga oʻqishni koʻchirish va qayta tiklash uchun ariza yuborishga koʻmaklashish; – oliy taʼlim tashkilotlariga ikkinchi taʼlimga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish; – oliy taʼlim tashkilotlarining magistratura bosqichiga kirish uchun abituriyentlarga onlayn ariza topshirishiga koʻmaklashish; – oliy taʼlim olganlik haqidagi diplom maʼlumotlarini qoʻshish yoki tahrirlash uchun talabgorlarga ariza yuborishga koʻmaklashish; – stipendiya va turli grant tanlovlarida ishtirok etish uchun ariza qabul qilish; – talabaga oʻzining GPA koʻrsatkichi haqida maʼlumotnoma taqdim etish; – talabalar davomatini amaldagi tartibga asosan sababli va sababsiz holatga oʻtkazish; – talaba uzrli sabablarga ko‘ra (kasal, yaqin qarindoshining betobligi yoki vafoti, tug‘ruq holati kabilar) oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan talabalar uchun tegishli fanlardan shaxsiy grafik yaratish; – talabalar hujjatlarini qabul qilish va arxivga topshirish; – talabalarga imtihon natijalarini taqdim etish; – talabalarga qayta oʻqish uchun ariza berishga koʻmaklashish; – talabalarga turli xil maʼlumotnoma (oʻqish joyidan, harbiy boʻlimdan v.b.)lar berish; – talabalarga oʻquv varaqa taqdim etish; – talabalarga fan resurslari boʻyicha maʼlumot taqdim etish; – talabalarni HEMIS platformasida keyingi kursga oʻtkazish; – talabalarni oʻzlashtirish koʻrsatkichlari haqida maʼlumot taqdim etish; – talabalarning joriy, oraliq va davomat natijalariga koʻra yakuniy nazoratlarda ishtirok etishiga ruxsat berish; – talabalarning parolini tiklash; – talabalarning tyutorlar tomonidan to‘g‘ri to‘ldirilgan shaxsiy hamda oʻquv maʼlumotlarini tahrirlash; – talabalik guvohnomasini tayyorlash va talabalarga taqdim etish; – talabani bir guruhdan ikkinchi guruhga koʻchirib oʻtkazish; – tashqi xizmatlar: Ijtimoiy himoya reyestri va ayollar daftarida turuvchi talabalar yagona reestri bazasidan sinxronizatsiya qilib roʻyxat shakllantirish; – oʻqishini koʻchirishga tavsiya etilgan, o‘qishga tiklangan yoki kursda qolgan talabalarning o‘quv rejalaridagi fanlar farqini aniqlash; – oʻquv dasturlari haqida maʼlumot berish.

Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

Xalqaro aloqalar faoliyati boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

– talabalarga oʻqish joyidan ingliz tilida maʼlumotnoma berish;

– turli xalqaro grantlar va akademik mobillik dasturlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etish;

– oʻqishga qabul qilingan xorijlik talabalarni elektron tizimda roʻyxatga olish va fanlarga biriktirish;

– xorijiy oliygohlarda tahsil olishda konsultatsiya berish;

– xorijlik talabalar uchun viza xizmatlarini amalga oshirish;

– xorijlik talabalarga toʻlov-shartnomalarini taqdim etish;

– xorijlik talabalarni Oʻzbekiston Respublikasida vaqtinchalik roʻyxatga qoʻyish xizmatlarini amalga oshirish;

– xorijlik talabalarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha konsultatsiya berish, ariza va talab etiladigan hujjatlarni koʻrib chiqish uchun qabul qilish;

Buxgalteriya va marketing boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

– qayta oʻqishga shartnoma berish;

– stipendiya toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish;

– hisob varagʻini shakllantirib berish;

– talabalarga toʻlov-shartnomasi olish uchun ariza berishga koʻmaklashish;

– talabaning yotoqxonalarga joylashish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;

– talabaning qayta oʻqish shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;

– talabaning toʻlov-shartnomasi boʻyicha qarzdorligi va haqdorligi haqida maʼlumot berish;

– toʻlov-shartnoma summasi haqida maʼlumot berish;

– bitiruvchi talabalarga boʻlgʻusi ish oʻrni toʻgʻrisida kengroq axborotlar berish, mehnat yarmarkalarni oʻtkazishga koʻmaklashish.

Ilmiy faoliyat boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar:

– grantlar va tanlovlar haqida maʼlumot berish;

– ilmiy konferensiyalar haqida maʼlumot berish;

– innovatsion gʻoya va startaplarni roʻyxatdan oʻtkazishga koʻmaklashish;

– nomdor stipendiyalar haqida maʼlumot berish;

– ilmiy loyihalar toʻgʻrisida konsultatsiya berish;

– ustoz-shogird maktabiga aʼzo boʻlishga koʻmaklashish.

Koʻrsatilishi zarur boʻlgan boshqa qoʻshimcha xizmatlar:

– talabalarga tibbiy sugʻurta olish uchun yordam berish;
– oʻqishga qabul va oʻqishni koʻchirish yuzasidan konsultatsiya berish;
– talabalarga ishga joylashish borasida tavsiyalar berish;
– talabalarga filialda mavjud turli xizmatlar va resurslar haqida maʼlumot berish.