You are currently viewing Qabul 2025  Texnikum bitiruvchilari

Qabul 2025 Texnikum bitiruvchilari

texnikum_qabul

TDTU Termiz filialida 2025/2026-o‘quv yili uchun texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish jarayoni bo’lib o’tdi.

Ushbu suhbat jarayoni – texnikum bitiruvchilarining kasbiy tayyorgarlik darajasi, nazariy va amaliy bilimlari, shuningdek, tibbiyot sohasi bo‘yicha kelajakdagi intilishlarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, abituriyentlar bilan ochiq va samimiy muhitda o‘tkazildi.

Mazkur suhbat jarayonida TDTU Termiz filiali direktori F. Otamuradov hamda filial prfessor-o‘qituvchilaridan tаrkib topgan suhbat komissiyasi tomonidan talabalikka nomzodlarning bilimlari sinovdan oʻtkazildi.

Suhbat natijalari asosida yuqori natija ko‘rsatgan, o‘z kasbiga bo‘lgan yondashuvi va bilim saviyasi bilan ajralib turgan nomzodlar TDTU Termiz filiali talabasi bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lishdi!