You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi universitetning Termiz filialida

Toshkent davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi universitetning Termiz filialida

Delegatsiya

Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori, professor Shuxrat Boymuradov boshchiligidagi delegatsiya universitetning Termiz filialiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida filialda yaratilgan sharoitlar, moddiy-texnik baza, talabalarga taqdim etilgan imkoniyatlar hamda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi. Delegatsiya a’zolari auditoriyalar, laboratoriyalar, kutubxona va boshqa o‘quv maskanlarini ko‘zdan kechirib, filial jamoasi bilan fikr almashdilar.