You are currently viewing Mustaqillik bayrami muborak!

Mustaqillik bayrami muborak!

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli hamkasblar, aziz talaba- yoshlar!

Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yillik bayrami munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!

1991-yil 1-sentabr — xalqimiz tarixida ulkan ahamiyatga ega bo‘lgan, ozod va erkin hayot sari dadil qadam qo‘yilgan muqaddas sana bo‘lib, bu sana yurtimizda inson qadr-qimmati, huquq va erkinliklari ustuvor bo‘lgan yangi jamiyat poydevori qo‘yilgan kun sifatida muqaddasdir.

Bugun yurtimizda barcha sohalarda, xususan, sog‘liqni saqlash va tibbiyot ta’limi yo‘nalishida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Bizning filialimiz ham bu taraqqiyot jarayonining faol ishtirokchisidir.

Mustaqilligimizning 34 yilligi arafasida filialimizda 1500 o‘rinli o‘quv binosining ishga tushurilishi quvonarli holdir. Bu esa talabalarimizning zamonaviy bilimlar asosida ta’lim olishi, ilmiy izlanishlar va amaliy faoliyatda ulkan yutuqlarga erishishiga ko‘mak beradi.

Bu qutlug‘ ayyomda yurtimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt va ulkan zafarlar tilayman.

Kelajak avlodlar uchun bunyod etilayotgan farovon hayotda barchamizning o‘rnimiz bo‘lsin!

Mustaqilligimiz abadiy va barhayot bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali direktori
Otamuradov Furqat Abdukarimovich