Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida birinchi kurs magistrant talabalari bilan tanishuv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yangi talabalar filial hayoti, o‘quv jarayonlari hamda filialning ilmiy va madaniy faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.
Uchrashuvda filial rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va mas’ul xodimlar ishtirok etib, magistrantlarga kelgusidagi ta’lim yo‘lida omad tiladilar.