You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida tanishtiruv haftaligi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida tanishtiruv haftaligi

tanishtiruv

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida rahbar xodimlar, bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar ishtirokida «Birinchi kurs maktabi» doirasida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.

Filialga ilk bor qadam qo‘ygan talabalar ta’lim muassasasining keng imkoniyatlari, asosiy yo‘nalishlari, o‘quv jarayonining tarkibi: ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarning o‘ziga xos jihatlari bilan tanishtirildi. Ushbu jarayon talabalarning yangi muhitga tezroq moslashishiga yordam berdi.

Professor-oʻqituvchilar hamda tyutorlar tomonidan esa yoshlarni samarali bilim olish, ilmiy izlanishlarda faol qatnashish, tashabbuskorlikni rivojlantirish va bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazishga yo‘naltiruvchi muhim tavsiyalar berildi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali professor-o‘qituvchilari, xodimlari 1-kurs talabalari ishtirok etgan tanishtiruv haftaligi tadbiri jarayonida oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalari, filial hayotiga tegishli bo‘lgan barcha tartib-nizomlari va shu kabi zaruriy axborotlar haqida ma’lumot berishdi.