TDTU Termiz filialida yangi o‘quv yili boshlanishi bilan 1-kursga qabul qilingan talabalarga filial bilan yaqindan tanishtirish, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha qanday kadr bo‘lib yetishish borasida tushuncha berish, ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish bo‘yicha labaratoriyalar, bo‘sh vaqtlarida qo‘shimcha mashg‘ulotlarga qatnashish uchun to‘garaklar faoliyati haqida ma’lumot berish maqsadida tanishtiruv haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.
Dastlab 2-son Davolash fakulteti 1-bosqich talabalariga xodimlar bilan ishlash, yoshlar ittifoqi, filial psixologi, o‘quv bo‘limlari faoliyati tanishtirildi.
Ochiq muloqot tarzda o‘tkazilayotgan o‘quv-tanishuv haftaligida barcha mashg‘ulotlar jadval asosida o‘tilmoqda.