Xabaringiz bor, joriy yilning 19- avgust kuni yurtimiz bo‘ylab klinik internatura (rezidentura) mutaxassisliklari bo‘yicha kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi.
Ta’kidlash joiz, ilk bor talabgorlarning hujjatlarini elektron shaklda onlayn qabul qilish yo‘lga qo‘yildi. Bir bosqichli test sinovlari asosida o‘tkazilgan imtihonlar nafaqat poytaxtdagi Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ham tashkil etildi.
Tibbiyot va farmasevtika xodimlarining malakasini baholash markazi rasmiy veb-saytida ushbu imtihon natijalari e’lon qilindi.