Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiyot muassasalari klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul qilish to‘g‘risidagi 2025-yil 16-sentabrdagi 02-28/21487-son ko‘rsatma xatiga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yilida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining klinik ordinaturasiga qabul sinovlarida ishtirok etgan va umumiy balning kamida 30 foizini toʻplagan, talabgorlarni kelajakda ish bilan ta’minlanishi kafolatlangan muassasa tomonidan asoslangan xat olingan holda oʻqishga qabul qilinadi.
Kerakli hujjatlar ro‘yxati:
talabgorning arizasi;
kafolatlangan muassasa tomonidan asoslangan xat;
Diplom va ilovasi asl nusxada.
Bunda:
Talabgor mumkin boʻlgan umumiy balning kamida 30 foizini toʻplagan boʻlishi;
Kelajakda ish bilan ta’minlanishi kafolatlangan muassasa tomonidan asoslangan xatga ega bo‘lishi;
Talabgorlar barcha hujjatlarini joriy yilning 22-sentabrdan 10-oktabriga qadar taqdim etishi;
Talabgorlarning shaxsan o‘zi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialining Qabul komissiyasiga murojaat qilishi shart. Aks holda talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqilmaydi va qabul qilinmaydi.
Ushbu talabgorlarning barchasi to‘lov kontrakt asosida qabul qilinadi.
Talabgorlarning tegishli hujjatlar ish kunlarida soat 14:00 dan 17:00 gacha faqat Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Qabul komissiyasida qabul qilinadi (Mamuriyat binosi, 1-qavatida joylashgan).
Murojaat uchun «Call markaz»:
+ 998 91 966 64 64
+99 890 749 10 10
+998 91 518 29 72