You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Kengashining qaroriga muvofiq, joriy o‘quv yilidan super kontrakt miqdorlari belgilandi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Kengashining qaroriga muvofiq, joriy o‘quv yilidan super kontrakt miqdorlari belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 79-5-son bayoniga muvofiq, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali 2025/2026 o‘quv yili qabulida kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan (56,7 balldan kam bo‘lmagan) va o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar uchun birinchi o‘quv yili amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatlari belgilandi.

Eslatma: “Super” kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun: to‘lov shartnomasini olish uchun abituriyentlar kontrakt.edu.uz tizimida ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliksiz onlayn ariza yuborishlari yoki Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Registrator ofisi menejerlariga murojaat qilishlari mumkin.

To‘lov kontrakt shartnomalarini berish sanasi ma’lum qilinadi.