You are currently viewing «Qaynonam – onam, mening kelinim – bolam mening»

«Qaynonam – onam, mening kelinim – bolam mening»

1

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan mazkur mavzuda samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Buvijonlar maktabi direktori Tulakova Robiya Xasanovna, Viloyat Jamoat xavfsizlik xizmati jamoat tartibi saqlash boshqarmasi patrul post xizmati batalyoni ijtimoiy siyosiy ommaviy madaniy tadbirlarni utkazishda xafvsizlikni ta’minlash otryadi operatori safdor Shahnoza Fayzullayeva, Surxondaryo viloyati hokimligi huzuridagi Mahalla raislarini o’qitish o’quv markazi direktori, falsafa fanlari bo’yicha falsafa doktori. Mehnat shuhrati ordeni va Shuhrat medali Sohibasi Rayhon Rahimovalar hamda qaynonalar ishtirok etishmoqda.

Uchrashuv davomida:

Xotin-qizlarga yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar,
Oilaviy munosabatlarda qaynona-kelinning o‘rni,
Oilaviy ajrimlarning sabablari va oldini olish yo‘llari,
Yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda mavzuga oid videoroliklar namoyish etilib, qaynona-kelin e’tiroflari tinglanmoqda.