1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bugun erta tongdan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida bayramona ruh, iliqlik va ehtirom hukm surdi.
Barcha professor-o‘qituvchilarimiz filial rahbariyati va talabalar tomonidan munosib kutib olindi.
Ustozlarimizga chuqur hurmat, samimiy tabriklar, gullar taqdim etildi.
Bu ezgu an’ana ularning fidokorona mehnatlari, bilim va tarbiya yo‘lidagi mashaqqatlarini qadrlash ifodasidir.