Joriy yilning 2-3 oktyabrda Belorussiya Respublikasida “Milliy xavfsizlikni ta’minlashda sud-ekspertiza faoliyati va sud ekspertizasining o‘rni va ahamiyati” mavzuida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Ushbu konferesiyada TDTU Termiz filiali Patologik anatomiya sud tibbiyoti tibbiyot huquqi kafedrasi mudiri Sh.Babadjanova ishtirok etdi. Forumni Davlat qoʻmitasi raisi, adliya general-mayori Aleksey Volkov ochdi:
Anjumanda so’z olganlar kriminalistika va sud ekspertizasining dolzarb masalalari bo‘yicha tajriba almashish, ilmiy, uslubiy va axborot ta’minotini takomillashtirish, sud-ekspertiza faoliyati, tadqiqotchilarning ilmiy tashabbuslarini rivojlantirish, sud ekspertizasi sifatini oshirish, fan va huquqni qo‘llash amaliyotini rivojlantirish uchun xizmat qilishi borasida fikr bildirishdi.