You are currently viewing Amaliyot orqali mukammallikka qadam!

Amaliyot orqali mukammallikka qadam!

Amaliyotda

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali 3-kurs xorijlik talabalari amaliy jarayonda
Bugungi kunda tibbiyot sohasi nafaqat nazariy bilim, balki yuqori darajadagi amaliy ko‘nikmalarni ham talab qilmoqda. Shuni inobatga olgan holda, filialning 3-kurs xorijlik talabalari “Umumiy xirurgiya” fanidan olgan nazariy bilimlarini jarrohlik amaliyotlari orqali chuqurlashtirishmoqda.
Amaliy mashg‘ulotlar davomida talabalar:
Operatsiya xonasidagi xavfsizlik qoidalari bilan tanishdi
Asosiy jarrohlik asbob-uskunalar bilan ishlashni o‘rganyapti
Kichik jarrohlik muolajalarini bajarayotgan jarrohlarni kuzatmoqda
Simulyatsion muhitda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashmoqda
Xorijlik mamlakatlardan kelgan talabalarimizning birgalikda ishlashi, tibbiy bilimlar almashinuvi va madaniy tajriba orttirishlariga ham zamin yaratmoqda. Bu esa ularning kelajakda professional va insonparvar shifokorlar bo‘lishi yo‘lida muhim qadamdir.