Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli ijodkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Samimiy muloqot davomida o‘zbek adabiyotida voha maktabining o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritildi. O‘zbekiston xalq shoiri, “Mehnat shuhrati” va “El-yurt hurmati” ordenlari sohibi, senator Mahmud Toir, serqirra ijodkorlar Ne’mat Dushayev hamda Zohidjon Xolov o‘z ijod namunalari bilan bo‘lishib, talabalarda katta taassurot qoldirdilar.
Mushoira ko‘rinishida o‘tgan tadbir davomida yosh qalamkashlar ham o‘z iste’dodlarini namoyon etdilar.
Uchrashuv davomida filial talabalari o‘rtasida tashkil etilgan «Zakovat» va «Mushoira» musobaqalarida g‘olib bo‘lgan talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bir so‘z bilan aytganda, “Ma’rifat ulashib” loyihasi Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida talabalar uchun ijodiy muhit, ruhiy ko‘tarinkilik va ma’naviy zavq ulashdi.