15-oktabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” nomli respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi va g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi, Yoshlar ishlari agentligi hamda Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.
Unda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 200 dan ziyod xorijlik talabalar ishtirok etdilar.
Ishtirokchlar qatorida Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali talabasi Sadaan Muhammad Shuaib tanlovning final bosqichida “Erkin mavzuda badiiy chiqish”i bilan qatnashdi.
Filial talabasi tanlovda faol ishtiroki uchun diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Shu o‘rinda talabamiz Sadaan Muhammad Shuaibning bundan keyingi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilaymiz.