Toshkent davlat tibbiyot univesiteti Termiz filialida “Farmakologiya, farmatsevtika va xalq tabobati: dolzarb muammolar va innovatsiyalar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda nafaqat respublikamizning turli oliy ta’lim muassasalaridan soha mutaxassislari, balki Xitoy, Turkiya, Amerika, Rossiya,Qozog’iston, Belarussiya kabi xorijiy mamlakatlardan ham yetakchi olimlar oflayn va onlayn ishtirok etishmoqda.