Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash maqsadida muntazam ravishda amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda.
Shu doirada «Travmatologiya va ortopediya» fanidan navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Ushbu mashg‘ulotni filial assistenti Joynarov Yoqub O‘ktamovich D1/22-06 A guruh talabalari bilan birgalikda o‘tkazdi.
Dars jarayonida talabalar:
bemorni to‘liq klinik ko‘rikdan o‘tkazdilar;
kasallik tarixi va shikastlanish sabablarini tahlil qildilar;
tashxis qo‘yish va davo rejasini belgilash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar;
travmatologiya va ortopediya sohasidagi zamonaviy usullar bilan tanishdilar.
Bunday amaliy mashg‘ulotlar talabalarning kasbiy tafakkurini rivojlantiradi, ularda mustaqil ishlash, jamoada muloqot qilish va klinik qaror qabul qilish qobiliyatlarini shakllantiradi.
Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali ta’lim jarayonida nazariya bilan amaliyotni uyg‘unlashtirish orqali malakali va raqobatbardosh tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan faoliyatni izchil davom ettirmoqda.