You are currently viewing Xitoy va O‘zbekiston tibbiyot hamkorligi yangi bosqichda!

Xitoy va O‘zbekiston tibbiyot hamkorligi yangi bosqichda!

Tibbiyot klasteri

TDTU Termiz filiali Xitoy Xalq Respublikasining Urumchi shahridagi Sinzyan universiteti xalq tabobati yo‘nalishi bo‘yicha professorlarini qabul qildi!

Ushbu tashrif doirasida tibbiy psixologiya, nevrologiya va psixiatriya kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, yangi ilmiy loyihalar va hamkorlik dasturlari ustida muzokaralar olib borildi.

Shuningdek, Xitoylik mutaxassislar va filial professor-o‘qituvchilari hamkorligida aholini bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish tadbiri tashkil etildi.

Tibbiy ko‘rik davomida aholiga nevrologik, psixologik va umumiy sog‘liq holati bo‘yicha maslahatlar berildi hamda profilaktik tavsiyalar taqdim etildi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi — zamonaviy tibbiy bilim va tajribalarni almashish, xalq tabobati yo‘nalishida o‘zaro innovatsion g‘oyalarni amalga oshirish, shuningdek, talabalar va yosh olimlar uchun xalqaro ilmiy amaliyot imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.

Tashrif davomida professorlar tomonidan seminar va mahorat darslari ham tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu ilmiy salohiyatni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

TDTU Termiz filiali xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, ta’lim va ilmiy izlanishlarda yangi ufqlarni ochishga intilmoqda.