Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali 2-son talabalar turar joyida Termiz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ–158-son qaroriga asosan, mamlakatimizda o‘tkazilayotgan “Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida tungi tekshiruv va o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — talabalarning zilzila vaqtida to‘g‘ri harakat qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni favqulodda vaziyatlarga tayyorlash hamda xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishdan iboratdir.