You are currently viewing “IJODKOR TALABA – 2025” tanlovi oʻtkazildi!

“IJODKOR TALABA – 2025” tanlovi oʻtkazildi!

ijodkor bolalar

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida talabalar iste’dodini namoyish etuvchi “Ijodkor talaba – 2025” tanlovi o‘tkazildi.

Unda talabalar o‘z ijodiy qobiliyatlarini — qo‘shiq, raqs, she’r va san’atning turli yo‘nalishlarini namoyon etdilar. 

Tadbirni “Talaba-qizlar” koordinatori S. Xurramova tashkillashtirdi.

Bu tanlov nafaqat ijodiy chiqishlar, balki talabalar orasida do‘stlik, ilhom va motivatsiya ruhini yanada kuchaytirdi. Har bir ishtirokchi sahnadan o‘ziga xos ijobiy tuyg‘ular bilan chiqdi — chunki “Ijodkor talaba” bu – iste’dod, ishonch va orzular sahnasi!