Toshkent tibbiyot universiteti Termiz filiali ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi tashabbusi bilan talabalar ishtirokida xalqaro ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda eski Termiz arxeologik yodgorliklarini o‘rganayotgan xorijiy olimlar Fransiya missiyasi direktori, arxeolog – Ségolène du Breuil de Pontbriand, Numizmat- Olivier BORDAUX, arxeolog tadqiqotchi Loik , pokistonlik, arxeolog- Zokir KHAN, Arxeologiya va muzeylar direksiyasining dala xodimi, Xazara universiteti tadqiqotchi PhD nomzodi, Xayber Paxtunxvalar ishtirok etishdi
Mehmonlar eski Termizda olib borilayotgan arxeologik tadqiqotlar, ularning ilmiy natijalari va yangi topilmalar haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etishdi.
Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va bevosita xorijiy tadqiqotchilar bilan fikr almashish imkoniga ega bo‘lishdi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tarix va madaniy merosimizga bo‘lgan qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.