Bugun Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali faol volontyor talabalari tashabbusi bilan hududda keng ko‘lamli tozalash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
Talabalar birgalikda filial atrofi va yaqin hududlarni chiqindilardan tozalash, yashil maydonlarga e’tibor qaratish hamda atrof-muhitni asrash ishlarida faol ishtirok etdilar.
Mazkur tadbir orqali yoshlar o‘zlarining ekologik madaniyatini yanada yuksaltirib, jamiyatga foydali bo‘lish mas’uliyatini chuqur his etdilar.
Bunday ezgu tashabbuslar nafaqat tozalikni ta’minlaydi, balki birlik, mehr-oqibat va ijtimoiy faollik ruhini yanada mustahkamlaydi.
Filial volontyorlari esa doimo namunali ishlar bilan boshqalarga ibrat bo‘lib kelmoqda!