You are currently viewing Hurmatli tibbiyot sohasining fidoyi vakillari!

Hurmatli tibbiyot sohasining fidoyi vakillari!

Siz azizlarni Sog‘liqni saqlash sohasi xodimlari kuni munosabati bilan chin yurakdan tabriklayman!

Har bir inson hayoti, sog‘lig‘i va baxt-saodati uchun fidokorona mehnat qilayotgan sizlarning faoliyatingiz eng yuksak e’tirofga loyiqdir. Tibbiyot xodimi bo‘lish — bu nafaqat kasb, balki yuksak insoniylik, sabr-toqat, rahm-shafqat va mas’uliyat timsolidir. Sizlar kechayu kunduz inson salomatligi yo‘lida mehnat qilib, hayotning eng muhim ne’matini — sog‘liqni asrashdek ulug‘ va sharafli vazifani ado etmoqdasizlar.

Aziz hamkasblar!
Bugungi kunda mamlakatimizda sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish, zamonaviy tibbiyot yutuqlarini amaliyotga joriy etish, malakali kadrlar tayyorlashda sizlarning bilim va tajribangiz, fidoyilikingiz beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yosh mutaxassislarni tayyorlashda, ularda kasbga muhabbat va insonparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda sizlarning o‘rningiz alohidadir.

Tibbiyot xodimlarining kundalik mehnati insonlarning minnatdorchilik duolari, shifolangan bemorlarning samimiy tabassumi bilan qadrlanadi. Sizlarning mehnatingiz — xalqimizning sog‘lom, baxtli va farovon hayoti uchun mustahkam zamin yaratadi.

Hurmatli sog‘liqni saqlash sohasi vakillari!
Sizlarga mustahkam sog‘liq, tinchlik, oilaviy farovonlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, ilmiy izlanishlaringizда yangi yutuqlar tilayman. Mehnatingiz samarasidan xalqimiz doimo rozi bo‘lsin, hayotingizda ezgulik va shodlik hamroh bo‘lsin.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Otamuradov Furqat Abdukarimovich
Toshkent davlat tibbiyot universiteti
Termiz filiali direktori