Ayni daqiqalarda, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali Bolalar kasalliklari propedevtikasi, bolalar kasalliklari va uash pediatriya kafedrasi tashabbusi bilan “Pediatriyaning dolzarb masalalari” mavzusidagi respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman davom etmoqda.
Ushbu anjumanda mamlakatimizning turli hududlaridagi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari hamda sog‘liqni saqlash tizimi vakillari, yetakchi professor-o‘qituvchilar va tajribali pediatr mutaxassislar ishtirok etishmoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi — pediatriya sohasida dolzarb ilmiy va amaliy masalalarni muhokama qilish, tajriba almashish, zamonaviy diagnostika va davolash yondashuvlarini takomillashtirishdir.
Konferensiya davomida quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruzalar tinglanmoqda:
Bolalar kasalliklarining erta diagnostikasi va profilaktikasi;
Zamonaviy pediatriyada innovatsion yondashuvlar;
Bolalar salomatligini saqlashda birlamchi bo‘g‘in shifokorlarining o‘rni;
Pediatrik reabilitatsiya va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalari.
Tadbir doirasida yosh olimlar uchun ilmiy chiqishlar, tajriba almashish sessiyalari va savol-javob muhokamalari ham tashkil etilgan.
Bunday ilmiy-amaliy uchrashuvlar respublikamizda pediatriya sohasining yanada rivojlanishiga, yosh mutaxassislarning ilmiy salohiyatini oshirishga va bolalar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi dolzarb masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.