You are currently viewing Jaholatga qarshi ma’rifat — yoshlar ongida sof g‘oyani mustahkamlaydi!

Jaholatga qarshi ma’rifat — yoshlar ongida sof g‘oyani mustahkamlaydi!

Jaholatga qarshi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialidа “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ushbu tadbirda Din ishlari bo‘yicha Termiz shahar bo‘limi xodimlari, filialning professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari faol ishtirok etdilar.

Suhbat davomida yoshlar o‘rtasida ma’naviy sog‘lom muhitni shakllantirish, diniy ekstremizm va radikalizmning oldini olish, shuningdek, sof islom ta’limotini to‘g‘ri anglash masalalari muhokama qilindi.

Tadbir ishtirokchilari ma’rifat — jaholatga qarshi eng kuchli qurol ekanligini ta’kidlab, yoshlarni faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishga, vatanparvarlik va bag‘rikenglik ruhida tarbiyalanishga chorladilar.