You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida navbatdagi ilmiy kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig’ilish avvalida filial direktori yaqinlashib kelayotgan “Tibbiyot xodimlari” kuni bilan yig‘ilganlarni samimiy muborakbod etdi.

Shundan so‘ng, ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilar yutuqqa erishgan xodimlar filial direktori tomonidan e’tirof etildi.

Yig’ilishda quyidagi masalalar chuqur muhokama qilindi:
Qabul hay’atining 2025-2026-o‘quv yiliga talabalar qabuli natijalari bo‘yicha hisoboti;
1-son Davolash fakulteti dekani hisoboti;
Professor-o‘qituvchilarni tanlov asosida lavozim va ilmiy unvonlarga saylash;
Dissertatsiya, monografiya va o‘quv-uslubiy ishlar mavzularini tasdiqlash;

Filial direktori F.Otamuradov o‘z nutqida ilmiy salohiyatni oshirish, yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash hamda zamonaviy tibbiy ta’limda raqamli texnologiyalarni keng joriy etish zarurligini ta’kidladi.