You are currently viewing Tabiatni asrash – insonni, Vatanni asrash demakdir

Tabiatni asrash – insonni, Vatanni asrash demakdir

Tabiatni asrash

2025-yil atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili munosabati bilan Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Tabiatni asrash – insonni, Vatanni asrash demakdir” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari doirasida ko‘chma foto va tasviriy san’at asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbirda O’zbekisto Respublikasi tasviriy oyina ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi o’rinbosari Mardiyev Asomiddin Xazratqulovich, Surxondaryo viloyat Ekologiya Urunov Bahodir Ibatovich, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi boshqarmasi boshligʻi, – Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi raisi Roʻziyev Alisher Abdumoʻminovich, Surxondaryo viloyati “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi rahbari Xolmirzayeva Feruza Abdullayevna Oʻzbekiston badiiy akademiyasi Surxondaryo viloyati badiiy ijodkorlar jamg’armasi raisi Norboyev Ruzimurod Raxmanovich, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi bosh mutaxassisi Adiyev Bahodir Pardayevich, filial profesor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etishdi.

Tadbirda ishtirok etgan yoshlar va mutaxassislar ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatni muhofaza qilish masalalariga oid o‘z fikr va mulohazalarini o‘rtoqlashdi.

Bu kabi targ‘ibot tadbirlari mamlakatimizda ekologik madaniyatni rivojlantirish va barqaror yashash tamoyillarini keng joriy etish borasida katta ahamiyat kasb etadi.