Bugun O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyati Kengashi tomonidan viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Quvnoqlar va Zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.
Musobaqada jamoalar 3 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashib, quyidagi natijalar qayd etildi:
1-o‘rin – Termiz davlat universiteti “Surxon yoshlari” jamoasi
2-o‘rin – Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali “Medstars kids” jamoasi
3-o‘rin – Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “Online” jamoasi
G‘olib jamoalar diplomlar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.