You are currently viewing Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Bagʻrikenglik kuni” xaftaligi doirasida tadbir o‘tkazildi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida “Bagʻrikenglik kuni” xaftaligi doirasida tadbir o‘tkazildi

Ijtimoiy

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida «Bagʻrikenglik kuni» munosabati bilan haftalik doirasida navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — talabalar o‘rtasida millatlar va madaniyatlar xilma-xilligini qadrlash, o‘zaro hurmat, totuvlik va bag‘rikenglikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Yig‘ilishda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbir davomida bag‘rikenglikning jamiyat hayotidagi ahamiyati, turli madaniyatlar o‘rtasidagi muloqot va birdamlikni kuchaytirish masalalari batafsil yoritib berildi.