Filialida ta’lim olayotgan xorijlik talabalar umumiy xirurgiya fanidan amaliy ko‘nikmalarini muntazam ravishda takomillashtirib borishmoqda.
Dars jarayonlari zamonaviy o‘quv uslublari, interaktiv yondashuv va real klinik vaziyatlar asosida olib borilmoqda. Talabalar ushbu mashg‘ulotlar orqali:
xirurgik asbob-uskunalar bilan ishlash;
jarayonlarni steril sharoitda bajarish;
birlamchi xirurgik yordam ko‘rsatish;
patsient bilan to‘g‘ri muloqot qilish kabi muhim malakalarni o‘zlashtirmoqda.
Filialda tajribali professor-o‘qituvchilar rahbarligida amaliy mashg‘ulotlar muntazam tashkil etilmoqda.
Bu esa xorijlik talabalarning kasbiy tayyorgarligini oshirish, yuqori malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga mustahkam zamin yaratadi.